Tramp matbuot anjumanida uxlab qoldi — video

Foto: Andrew Harnik/Getty Images
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda o‘tkazilgan brifingda uxlab qolgani aks etgan video katta munozara keltirib chiqardi. Bu haqda The Daily Beast nashri xabar bermoqda. Prezident 6-noyabr kuni dori narxlarini pasaytirish bo‘yicha anjumanda ko‘zini yumib turgan holda tasvirga olingan.

Kaliforniya gubernatori Gavin Nyusom Trampning stulda ko‘zi yumuq o‘tirgan suratini joylagan. MSNBC boshlovchisi Jen Psaki ham shu lavhani muhokama qilib, prezidentning uyqu holatini tanqid qilgan.

Video: Ijtimoiy tarmoq

Brifing GLP-1 turidagi ozish dori vositalari narxini pasaytirish bo‘yicha Eli Lilly va Novo Nordisk bilan kelishuv e’lon qilingandan keyin o‘tkazildi. Aynan shu paytda Dr Mehmet Oz uxlab olish haqida gapirayotganda Trampning ko‘zi ilinayotgani efirda ko‘ringan.

So‘nggi oylar Tramp salomatligi bo‘yicha savollar kuchaydi. Uning qo‘lida ko‘karishlar, og‘ir yurish, nutqdagi xatolar va chalkash gaplar ommaviy muhokamada turibdi. Prezident oktabrda navbatdan tashqari tibbiy tekshiruvdan o‘tgan. U MRI va kognitiv test topshirgan. Oq uy bu tekshiruv sababi haqida izoh bermagan.

Donald Tramp / Foto: Andrew Harnik/Getty Images

Psixolog Jon Gartner Tramp nutqi yomonlashgani va fikrni to‘liq tugata olmasligi demensiya belgisi bo‘lishi mumkinligini aytgan. Oq uy bu masalada izoh bermadi.

Avvalroq Qaynoq24.uz internet nashri Tramp amerikaliklarga 2 ming to‘lashini va’da qilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.