AQSh Vengriyadagi “Paks” AES loyihasining ikkinchi bosqichi qurilishiga qo‘yilgan sanksiyalarni olib tashladi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Marko Rubio Kanada mezbonligida o‘tgan G7 tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishidan so‘ng ma’lum qildi. Uning aytishicha, loyiha allaqachon boshlangan.
Rubio bu qaror Vengriyaning energetik mustaqilligini ta’minlash uchun qilinganini ta’kidlagan.
2024-yilda AQShning o‘sha paytdagi prezidenti Jo Bayden ma’muriyati “Paks-2” loyihasiga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan edi. 2025-yil 29-iyunda Vengriya tashqi ishlar vaziri Tramp ma’muriyati ushbu cheklovlarni bekor qilganini bildirgandi.
Yevrokengash bilan bog‘liq jarayonlar ham davom etmoqda. 11-sentabr kuni Yevropa Ittifoqi sudi Yevrokomissiyaning Vengriya va Rossiya o‘rtasidagi “Paks-2” bo‘yicha moliyaviy kelishuvni ma’qullash qarorini bekor qildi. Sudga ko‘ra, loyiha “Rosatom” bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tender o‘tkazilmasdan tuzilgani uchun yetarli asos bo‘lmagan.
Rossiya va Vengriya 2014-yilda “Paks” AESda 5 va 6-energiya bloklarini qurish bo‘yicha hujjatlarni imzolagan. Loyiha qiymati 12,5 mlrd yevroga baholangan. 2022-yilda Vengriya atom energiyasi agentligi “Rosatom”ga qurilish litsenziyasini berdi. 2023-yilda Yevrokomissiya moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuvlarni ma’qullagan.
2023-yil oxirida Vengriya hukumati va “Rosatom” loyiha grafikini tasdiqladi. Yangi quvvatlar 2030-yillar boshida tarmoqqa ulanadi.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri London kemalarga qilingan hujum sabab AQSh bilan ma’lumot almashishni to‘xtatgani haqida yozgan edi.

