Qozog‘iston Prezidenti Toshkentda kutib olindi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

“Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mehmon sharafiga O‘zbekiston va Qozog‘iston bayroqlari ko‘tarildi. Faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ikkala davlat madhiyasini ijro etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentlar Qasim-Jomart Toqayev va Shavkat Mirziyoyev faxriy qorovul safidan o‘tib, delegatsiya a’zolari bilan salomlashdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 15-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida yozgan edi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrif davomida oliy darajadagi muzokaralar va ikki davlat rahbarlari raisligida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Uchrashuvlarda savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq xo‘jaligi, suv resurslari va madaniy-gumanitar loyihalar bo‘yicha hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish masalalari muhokama qilinadi. Mintaqaviy hamda global siyosatdagi dolzarb jarayonlar yuzasidan ham fikr almashiladi.

Tashrif doirasida xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi va bir qator qo‘shma loyihalarni ishga tushirish rejalashtirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi hujjatlar to‘plami imzolanadi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.