Ukraina va AQSh rasmiylari Rossiya urushini tugatish bo‘yicha muzokaralarni muhokama qildi

Foto: The Guardian
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Ukraina delegatsiyasi AQSh rasmiylari bilan Florida shtatida uchrashib, Vashingtonning Rossiya bilan urushni tugatishga qaratilgan takliflari tafsilotlarini muhokama qildi. Uchrashuv Ukraina uchun harbiy va siyosiy bosimlar kuchaygan bir paytda o‘tkazilgan.

Uchrashuvda AQSh davlat kotibi Marko Rubio, maxsus elchi Stiv Vitkoff va Donald Trampning qayinovqasi Jared Kushner ishtirok etdi. Ukraina delegatsiyasi Rustem Umerov boshchiligida bo‘lib, uchrashuvda adolatli tinchlikka erishish qadamlariga e’tibor qaratildi.

Manbalarga ko‘ra, muzokaralar oson kechmagan va amaliy natija uchun formulalar va yechimlarni izlash davom etmoqda. Diplomatlar Vashington va Moskva o‘rtasida ishlab chiqilgan 28 bandli taklifni qayta ko‘rib chiqishga e’tibor qaratgan. Ushbu reja Rossiya talablariga juda moslashgan deb tanqid qilingan.

Rubio uchrashuvda tinchlikning maqsadi nafaqat urushni yakunlash, balki Ukrainani suveren va mustaqil holda qoldirish hamda real farovonlik imkoniyatini yaratish ekanligini ta’kidladi. Uchrashuv Shell Bay Clubda o‘tkazilgan.

Umerov AQShning ko‘maklarini qadrlashini bildirgan va AQShning Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgani haqida minnatdorlik bildirgan. Rubio uchrashuvni samarali deb baholab, tinchlik kelishuvini ishlab chiqishda ish davom etishini qayd etdi.

Qaynoq24.uz AQSh ma’muriyati Rossiya va Ukraina urushini tugatish uchun taklif etilgan yangi reja har ikki tomonga ham mos bo‘lishi kerakligini bildirgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.