Yer munosabatlariga oid noqonuniy holatlar fosh etildi

Foto: Viudeodan ekran tasviri
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Uchta hududda yer munosabatlariga oid noqonuniy holatlar fosh etildi. Bu haqda DXX xabar bermoqda. Toshkent, Qashqadaryo va Buxoro hududlarida yer bilan bog‘liq firibgarliklar aniqlangan.

Toshkent viloyatidagi holatda, Ohangaron tumanida faoliyat yurituvchi unitar korxona yuristi xaridorga Nurofshon shahrida parrandachilik korxonasiga tegishli 90 sotix bo‘sh yer maydonini 250 ming dollarga sotishini aytgan. U tanaffus idoralaridagi tanishlari orqali bu yerda kottijlar qurishga ruxsat olib berishni va’da qilib, “xizmati” uchun yana 30 ming dollar talab qilgan. Tezkor tadbirda u avans sifatida 40 ming dollar olayotganda qo‘lga olingan.

Qashqadaryoda esa tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimi mansabdor tanishlari orqali davlat zaxirasidagi 1 gektar yer maydonini xaridorga 500 million so‘mga sotishga uringan. U oldindan 20 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Yana bir holatda, Buxoroda maklerlik bilan shug‘ullanadigan, avval sudlangan shaxs fuqaroning 1 250 kvadrat metrli ko‘chmas mulki toifasini o‘zgartirib, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 14 ming dollar olgan. Tezkor tadbirda u so‘ralgan pulni olayotganda qo‘lga olingan.

Hozirda barcha holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda va ushbu jinoyatlarga aloqador boshqa shaxslar ham aniqlanmoqda.

Qaynoq24.uz hokimlik tizimidagi korrupsiya va firibgarlik holatlariga chek qo‘yilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.