Xiaomi 17 smartfoni global bozorda tez orada taqdim etilishi kutilmoqda. Bu haqda GizmoChina va boshqa manbalar xabar bermoqda.
Xitoyda sentabr oyida taqdim etilgan Xiaomi 17 smartfoni endi global bozorga chiqishga tayyorlanmoqda. So‘nggi sertifikatlash jarayonlari va benchmark ma’lumotlari qurilmaning yaqin kunlarda xalqaro maydonda namoyish etilishini ko‘rsatmoqda.

Tailandda sertifikat olindi
Yangi flagman NBTC (National Broadcasting and Telecommunications Commission) bazasida 25113PN0EG model raqami bilan paydo bo‘ldi. Mazkur ro‘yxat rasmiy taqdimot sanasini ochiqlamagan bo‘lsa-da, Xiaomi 17 nomi tasdiqlangani va smartfon Tailand bozoriga kirishi ma’lum bo‘ldi.
Flagman Snapdragon 8 Elite Gen 5 bilan ishlaydi
GeekBench platformasida ko‘rinish bergan ma’lumotlarga ko‘ra, global versiya ham Xitoydagidek Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessoriga ega bo‘ladi. Qurilma 12 GB operativ xotira bilan jihozlangan – bu minimal konfiguratsiya sifatida e’lon qilingan.
Smartfon qutidan Android 16 asosidagi HyperOS 3 tizimi bilan chiqadi. Benchmark sinovlari asosan AI unumdorligini baholash uchun o‘tkazilgani qayd etilgan.
Xiaomi 17 Pro va 17 Ultra yangiliklari
Xiaomi 17 Pro liniyasi hozirda HyperOS 3.0.34.0 versiyasi sinovlaridan o‘tmoqda. Yangilanish ikkinchi displey uchun interaktiv «Sugar Cube» devor qog‘ozini taqdim etadi.

Shuningdek, flagman seriyaning eng kuchli modeli — Xiaomi 17 Ultra — tez orada taqdim etilishi kutilmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, oldindan buyurtmalar 15-dekabr 2025 kuni boshlanishi mumkin.
Bundan tashqari, Xiaomi 17 Leica Lietzphone Edition modeli ham Yevropa bozoriga chiqishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan.
Qaynoq24.uz eng yaxshi Samsung smartfonlari haqida yozgan edi.

