Sirdaryo va Toshkent shaharlarida giyohvandlik moddalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Foto: Videodan kadr
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Sirdaryo va Toshkent shaharlarida giyohvandlik moddalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda «Xavfsizlik” Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Surxondaryoda 1985-yilda tug‘ilgan fuqaroboshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomobilda 50 kilogramm 978 gramm gashish moddasi bilan ushlangan. Tekshiruv davomida uning yashash xonadonidan qo‘shimcha ravishda 186 gramm shu turdagi modda ham topildi.

Shuningdek, uning Sherobod tumanida tug‘ilgan jinoiy sherigi ham qo‘lga olingan. Ma’lum qilinishicha, ular mazkur moddalarni Afg‘onistondan noqonuniy yo‘llar orqali olib kirib, keyinchalik sotishni rejalashtirgan. Qayd etilishicha, gumonlanuvchilardan biri ilgari giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etgan, yana biri esa firibgarlik uchun sudlangan bo‘lsa-da, qonundan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

Toshkent shahrida o‘tkazilgan yana bir tadbirda esa Uchtepa tumanida yashovchi 2000-yilda tug‘ilgan fuqaro “Telegram” orqali sintetik narkotik moddalarni sotayotgani aniqlanib, 225 gramm “Alfa PVP” moddasi bilan qo‘lga olindi. Keyinchalik uning 2005 yilda tug‘ilgan tanishi ham ruxsatsiz muomalaga oid dori vositalari — ikki dona “Regapen” bilan ushlangan.

Dastlabki surishtiruvda bu dori vositalari Mirzo Ulug‘bek tumanidagi dorixonalardan biridan noqonuniy tarzda sotib olingani ma’lum bo‘ldi. Tezkor harakatlar natijasida dorixonaning norasmiy sotuvchisi 14 dona “Regapen” preparatini mijozga 1 million 200 ming so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan. Dorixonaning yordamchi omboridan esa hujjatsiz ravishda saqlanayotgan 20 200 dona “Gabatan”, 823 dona “Regapen”, 100 dona “Gadara” va 4 dona “Torgabalin” kabi kuchli ta’sirga ega preparatlar daliliy ashyolar sifatida olingan.

Hozirda barcha gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Ular vaqtincha qamoqqa olingan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Qaynoq24.uz Qashqadaryoda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.