Markaziy bank tomonidan 15-dekabr uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 gramm mahsulot narxi 8 million 616 ming so‘mni tashkil etmoqda.
10 gramm uchun 17 million 233 ming so‘m belgilangan bo‘lsa, 20 gramm mahsulot 34 million 466 ming so‘mdan sotilmoqda.
Shuningdek, 50 gramm qimmatbaho metall narxi 86 million 164 ming so‘mni, 100 gramm mahsulot esa 172 million 328 ming so‘mni tashkil qilmoqda. Narxlar 2025-yil 15-dekabr holatiga amal qiladi.
Oltinning global bozordagi narxi
Bugungi kunda oltinning bir unsiya (oz) uchun narxi 4 327,11 dollarni tashkil etib, kun davomida 26,71 dollarga yoki 0,62 foizga oshdi. Kunlik savdoda oltin narxi barqaror ijobiy dinamikani namoyish qilmoqda.
Kumush bozorida ham o‘sish kuzatildi. Kumushning bir unsiyasi 62,58 dollar atrofida baholanib, kun davomida 0,62 dollarga yoki 1 foizga ko‘tarildi. Bu holat qimmatbaho metallar bozoriga bo‘lgan talab saqlanib qolayotganidan dalolat beradi.
Oltin narxining uzoq muddatli dinamikasi ham e’tiborga molik. So‘nggi 30 kun ichida oltin narxi 227,28 dollarga yoki 5,58 foizga oshgan. Oxirgi olti oyda o‘sish 902,75 dollarni yoki 26,57 foizni tashkil etdi. Bir yil davomida oltin qiymati 1 647,60 dollarga ko‘tarilib, 62,11 foizlik o‘sish qayd etildi.
Besh yillik davrda oltin narxi 2 436,22 dollarga yoki 130,69 foizga oshgan bo‘lsa, so‘nggi 20 yil ichida umumiy o‘sish 3 797,02 dollarni tashkil etib, 754,30 foizga yetdi. Ushbu ko‘rsatkichlar oltinning uzoq muddatli investitsiya vositasi sifatidagi ahamiyati yuqoriligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Qaynoq24.uz 15-dekabr kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

