Fortnite o‘yini Android qurilmalariga rasman qaytdi

Foto: Fortnite
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Fortnite o‘yini Android qurilmalariga rasman qaytdi. Bu haqda PCMag nashri xabar bermoqda.

Eslatib o‘tilishicha, Fortnite 2020-yilda Google Play va App Store’dan olib tashlangan edi. Bunga Epic Games kompaniyasining ilova ichidagi to‘lovlar bo‘yicha platformalar qoidalarini buzishi sabab bo‘lgan. Oradan besh yil o‘tib, Epic Games Fortnite’ning Google Play’dagi qaytishini rasman e’lon qildi va o‘yinning yettinchi mavsumi boshlanganini ma’lum qildi.

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, Fortnite’ning qaytishi uzoq davom etgan sud jarayonlari, shikoyatlar va apellyatsiyalar ortidan amalga oshdi. Xususan, 2023-yilda sud Google’ni monopoliyani shakllantirishda ayblagan qaror kuchda qoldirilgan. 2025-yil iyul oyida esa Google ushbu qaror bo‘yicha apellyatsiyada yutqazgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, noyabr oyida Epic Games va Google o‘rtasidagi kelishmovchiliklar hal etilgan. Dekabr oyining boshida esa tomonlar hamkorlikni davom ettirishga kelishib olganini rasman tasdiqlagan. Mojarolarning asosiy sababi ilova ichidagi to‘lovlar va Google Play’ning komissiya siyosati bo‘lgan.

Qaynoq24.uz Android smartfonlariga yashirin ilovalar uchun yangi Private Space funksiyasi joriy etilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.