AQShning Kaliforniya shtatida noma’lum turdagi akula serferga hujum qildi. Bu haqda The San Francisco Standard nashri xabar berdi. Hodisa erkak qirg‘oqdan taxminan 270 metr uzoqlashgan paytda sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, akula avval serfing taxtasini tishlagan, so‘ng erkakning qo‘lini tishlab olgan. Jabrlangan serfer shoshilinch tarzda qirg‘oqqa qaytgan. U yerda unga paramediklar yordam ko‘rsatgan.
Tekshiruvlar natijasida jarohat yengil ekani aniqlangan. Shu sababli erkak shifoxonaga yotqizilishdan bosh tortgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yilning ushbu davrida Kaliforniya qirg‘oqlarida oq akulalar deyarli uchramaydi. Taxminlarga ko‘ra, serfer boshqa turdagi akulaga duch kelgan bo‘lishi mumkin. Akula uni tyulen yoki dengiz mushugi bilan adashtirgan bo‘lishi ehtimoli bor.
Qaynoq24.uz Filippinda dengiz bodringi terayotgan erkak timsoh hujumidan halok bo‘lgani haqida yozgan edi.

