Luvrdan o‘g‘irlangan qimmatbaho buyumlar soni oshkor qilindi

Foto: Paris for you
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

19-oktabr kuni sodir bo‘lgan o‘g‘irlik oqibatida Luvr muzeyidan minglab qimmatbaho toshlar olib chiqilgan. Bu haqda Fransiyaning BFMTV telekanali xabar bermoqda.

Telekanal xabariga ko‘ra, jinoyatchilar sakkizta zargarlik buyumini o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘lgan. Ushbu buyumlar tarkibida 8 482 dona olmos, 35 ta zumrad, 34 ta safir hamda 212 dona marvarid bo‘lgan.

BFMTV ta’kidlashicha, butun o‘g‘irlik atigi to‘rt daqiqa ichida amalga oshirilgan. O‘g‘irlangan boyliklarning umumiy qiymati 88 million yevroga baholanmoqda.

Surishtiruv davomida jinoyatchilar foydalangan mikroavtobus, skuterlar va avtoyuk ko‘taruvchi texnika 19 oktabr tongida Parij shimolidagi Obrevilye kommunasidagi turar joylardan biridan yo‘lga chiqqani aniqlangan.

Qaynoq24.uz Fransiyadagi Luvr muzeyi ishini qisman tiklagani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.