Putin Trampni Rojdestvo bilan tabrikladi

Foto: CNN
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Trampni Rojdestvo bayrami bilan tabriklab, unga telegramma yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, hozircha ikki yetakchi o‘rtasida telefon orqali muloqot rejalashtirilmagan. U “Prezident allaqachon Trampni Rojdestvo bilan tabriklab, telegramma yubordi. Bugun AQSh prezidenti bilan telefon suhbati bo‘lishini aytish qiyin, bunday muloqot rejalarda yo‘q”, — deya qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, yozda Putin Trampni tug‘ilgan kuni bilan ham tabriklagan va ular telefon orqali suhbatlashgan edi. Yaqinda prezident yordamchisi Yuriy Ushakov Kreml yangi yil munosabati bilan ham tabrik yo‘llashi kutilayotganini bildirgan.

So‘nggi yillarda Rossiya rahbari AQSh prezidentlarini Rojdestvo va Yangi yil bilan tabriklamasdi. Bunga AQShning “no‘ldostona davlat” sifatida qaralishi sabab bo‘lgani aytilgan. Masalan, 2022-yilda Putin Jo Baydenni tabriklamagan, biroq Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni va Germaniya sobiq kansleri Gerxard Shryoderga tabrik yo‘llagan.

Qaynoq24.uz AQShning yangi tayinlangan Grenlandiya bo‘yicha maxsus vakili, Luiziana gubernatori Jeff Lendri Donald Tramp administratsiyasi orolda hududiy da’volar yoki kuch bilan egallash rejalariga ega emasligini ma’lum qilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.