Venesuela AQShni hamkorlikka chaqirdi. Bu haqda vaqtincha prezident vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges ma’lum qildi. Uning so‘zlaridan Bloomberg agentligi iqtibos keltirgan.
Rodrigesga ko‘ra, Venesuela hukumati AQSh bilan mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan hamkorlik dasturi ustida birgalikda ishlashga tayyor. U bu tashabbus xalqaro huquq doirasida umumiy rivojlanish va barqaror hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.
“Biz AQSh hukumatini xalqaro huquq asosida umumiy taraqqiyot va mustahkam hamkorlikka qaratilgan dastur ustida birga ishlashga taklif qilamiz”, — degan u.
Bundan avval Donald Tramp Venesuela rahbariyatini keskin ogohlantirgandi. Uning aytishicha, agar Venesuela tomoni “to‘g‘ri yo‘l tutmasa”, jiddiy oqibatlarga duch keladi.
Shuningdek, Tramp Delsi Rodriges noto‘g‘ri harakat qilsa, buning narxi amaldagi prezident Nikolás Madurodan ham yuqori bo‘lishi mumkinligini bildirgan.
Qaynoq24.uz AQSh Venesuelaga zarba bergani haqida yozgan edi.

