AQSh prezidenti Donald Tramp Kubaning inqiroz yoqasida turganini aytib, mamlakat “qulashga tayyor” ekanini bildirdi. U bu fikrni jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida bayon qilgan. Suhbat Oq uy YouTube-kanalida efirga uzatilgan.
“Kuba qulashga tayyor. U shunday ko‘rinmoqdaki, qulashga hozir”, — deya qayd etdi Tramp.
Avvalroq Tramp Venesueladagi harbiy amaliyotlardan keyin AQSh Kubaga yordam berishga tayyorligini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kuba jiddiy inqirozni boshdan kechirmoqda va Vashington u yerda yashayotgan odamlarga ko‘mak berishni xohlaydi.
5-yanvar kuni Kuba Venesuela prezidenti Nikolás Maduroni himoya qilish chog‘ida halok bo‘lgan o‘nlab fuqarolari munosabati bilan motam e’lon qilgani ma’lum bo‘ldi. AQSh davlat kotibi Marko Rubio, kelib chiqishi kubalik bo‘lgan siyosatchi, Kubani katta muammolar kutayotganini aytib, ogohlantirgan.
Qaynoq24.uz Daniya bosh vaziri Trampni Grenlandiya bo‘yicha tahdidlarni to‘xtatishga chaqirgani haqida yozgan edi.

