Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda ijara xizmatlari hajmi 11,6 trillion so‘mni tashkil etdi.
Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘n to‘qqiz foizga oshgan.
Shu bilan birga, ijara xizmatlari umumiy hajmining qariyb qirq to‘qqiz foizi yengil avtomobillar hamda avtotransport vositalarini ijaraga berish xizmatlariga to‘g‘ri kelgan.
Qaynoq24.uz kiyim ishlab chiqarishda qaysi hudud yetakchi bo‘lgani haqida yozgan edi.

