Viktor Orban Ukrainaga yaqin o‘n yil ichida zarur bo‘ladigan mablag‘ miqdorini keskin tanqid qildi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Zelekskiyga nisbatan haqoratomuz jumlalarni qo‘llagan.
Orban yozishicha, Ukraina navbatdagi qonun loyihasini qabul qilgan bo‘lib, unda mamlakatni kelgusi o‘n yil davomida boshqarish uchun qariyb sakkiz yuz milliard dollar talab etilishi ko‘rsatilgan. Vengriya bosh vaziri bu summani haddan tashqari katta deb atab, u Vengriya yalpi ichki mahsulotidan deyarli to‘rt baravar ko‘p ekanini ta’kidlagan.

“Bryussel dekabr oyida har qanday yo‘l bilan Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilmoqchi bo‘ldi va shu sababli Yevropa Ittifoqining keyingi budjetini qayta tashkil etishni istayapti. Ukrainalik mitti ovqat so‘rab yolvormoqda,” degan u postida.
Shuningdek, Vengriya bosh vaziri mamlakat ichida ham Bryussel rejalarini qo‘llab-quvvatlayotgan kuchlar borligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tisa partiyasidan Yevropa parlamenti vakillari Ukrainaga to‘liq va shartsiz moliyaviy yordam berish uchun ovoz bergan.
Qaynoq24.uz Viktor Orban AQSh tomonidan taklif etilgan Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasi Yevropa Ittifoqi uchun keskin burilish nuqtasini yuzaga keltirganini aytgani haqida yozgan edi.

