AQSh sudi Trampning H-1B ishchi vizasi uchun yig‘imni bekor qildi

Foto: Getty Images
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

AQSh federal sudi H-1B ishchi vizasi uchun $100 minglik yig‘imni noqonuniy deb topdi. Bu yig‘im prezident Donald Tramp ma’muriyati tomonidan 2025-yil sentabrda joriy qilingan edi.

Massachusets shtatidagi federal okrug sudyasi Leo Sorokin 8-iyun kuni ushbu qarorni bekor qildi. Sudga ko‘ra, prezident bunday yig‘imni mustaqil joriy etish vakolatiga ega bo‘lmagan. Da’vo 20 ta shtat tomonidan kiritilgan. Sudya qarorida $100 minglik yig‘im amalda soliq hisoblanishi aytilgan. Bunday soliqni esa Kongress ruxsatisiz joriy etib bo‘lmaydi.

H-1B vizasi AQShdagi yuqori malakali xorijiy mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Undan ayniqsa texnologiya kompaniyalari ko‘p foydalanadi.

Ushbu viza orqali kompaniyalar dasturchilar, muhandislar va boshqa malakali mutaxassislarni ishga oladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, tasdiqlangan arizalarning qariyb to‘rtdan uch qismi Hindiston fuqarolariga to‘g‘ri keladi.

Tramp ma’muriyati yig‘imni AQSh ish o‘rinlarini himoya qilish bilan izohlagan edi. Oq uy xorijiy ishchilar amerikaliklar egallashi kerak bo‘lgan ish joylarini band qilmasligi kerakligini bildirgan. Biroq sud bu qarorni ijro hokimiyati vakolatidan tashqariga chiqish deb baholadi.

Avvalroq boshqa federal sudya ushbu yig‘imni qonuniy deb topgan edi. Hozir bu qaror bo‘yicha apellyatsiya jarayoni davom etmoqda.

H-1B vizasini rasmiylashtirish qiymati ilgari odatda $2 mingdan $5 minggacha bo‘lgan. Tramp qarori kuchga kirgach, bu xarajat $100 minggacha oshirilgan edi. Yangi sud qarori AQSh texnologiya sektori uchun muhim ahamiyatga ega. Chunki yirik kompaniyalar malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilishda H-1B dasturiga tayanadi.

Qaynoq24.uz Eron hukumati AQSh taklifiga javob bermaganini qayd etgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.