Apple Samsung kameralardan foydalanadi

Foto: Phone
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Kelejakda Apple Samsung kameralardan foydalanadi. iPhone modellari 48 megapikselli asosiy kameralar bilan jihozlanayotgan bo‘lsa-da, yaqin yillarda kompaniya yanada yuqori aniqlikdagi sensorlarga o‘tishi mumkin.

Apple 200 megapikselli kamera sensorlarini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Morgan Stenli investitsion banki tahlilchilarining qayd etishicha, 200 megapikselli kameraga ega ilk iPhone 2028-yilda taqdim etilishi ehtimoli bor. Ushbu sensorlar yetkazib beruvchisi sifatida Samsung tilga olinmoqda.

Hisobotda aytilishicha, Apple kelajakdagi iPhone modellari uchun Samsung‘ning 200 megapikselli ISOCELL sensorlaridan foydalanishi mumkin. Agar bu ma’lumot tasdiqlansa, bu Samsung uchun muhim texnologik yutuq bo‘ladi. Chunki kompaniya allaqachon Apple’ga kelgusi iPhone’lar uchun 48 megapikselli ultra-keng burchakli kameralarni yetkazib berish bo‘yicha buyurtma olgan.

200 megapikselli kamera sensorlari bir qarashda hozirgi iPhone’lardagi 48 megapikselli modullardan kattaroq bo‘lmasligi mumkin. Biroq bunday sensorlar yuqori aniqlik hisobiga ko‘proq detallarni qayd etish imkonini beradi. Kuchli protsessorlar, ko‘p kadrli tasvirni qayta ishlash va shovqinni kamaytirish texnologiyalari bilan birgalikda bu kamera imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi.

Agar Apple 200 megapikselli sensorlarga o‘tsa, bu Samsung kompaniyasining 2023-yildan boshlab Galaxy S23 Ultra modelida 200 megapikselli kamerani joriy etish qarori to‘g‘ri bo‘lganini yana bir bor tasdiqlaydi. Hozircha Apple mavjud 200 megapikselli sensorlardan foydalanadimi yoki maxsus moslashtirilgan modul buyurtma qiladimi — noma’lumligicha qolmoqda.

Qaynoq24.uz omadsiz Samsung smartfonlari haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.