8-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Foto: Shutterstock
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

O‘zgidmet tomonidan 8-yanvar uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, yong‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Toshkent shahrida havo asosan ochiq va quruq bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman kuzatilishi mumkin. Sharqdan 3–8 metr soniyada shamol esadi. Havo harorati kechasi 0–2 daraja sovuq, kunduzi esa 7–9 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr soniyada esadi. Kechasi havo harorati 3–8 daraja sovuq, kunduz kuni 1–6 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ba’zi joylarda tuman kuzatiladi. Yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol tezligi 7–12 metr soniyani tashkil etadi. Kechasi harorat 0–5 daraja sovuq, kunduzi esa 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham havo quruq bo‘lib, ayrim joylarda tuman tushadi. Sharqdan esadigan shamol tezligi 7–12 metr soniya atrofida bo‘ladi. Kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduz kuni 5–10 daraja iliq harorat saqlanadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi hududlarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr soniyada esadi. Kechasi havo 0–5 daraja sovuq, kunduz kuni 7–12 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan 5–10 metr soniyada esadi. Kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 3–8 daraja iliq harorat kuzatiladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo asosan quruq bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr soniyada esadi. Kechasi havo harorati 3–8 daraja sovuq, kunduz kuni esa 2–7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Qaynoq24.uz 7-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.