Xitoyda Honor Magic 8 smartfoni uchun ko‘z harakati orqali sahifa aylantirish funksiyasi taqdim etildi. MagicOS 10.0.0.122 deb nomlangan ushbu yangilanish bir qator AI funksiyalar, qulayliklar va tizim optimallashtirishlarini o‘z ichiga oladi.
Yangilanishdagi eng e’tiborga molik imkoniyat — ko‘z harakati orqali sahifa aylantirish funksiyasi bo‘ldi. Ushbu funksiya yoqilgach, smartfon foydalanuvchining ko‘z harakatlarini aniqlab, sahifalarni avtomatik ravishda aylantiradi. Bu esa uzoq vaqt o‘qish jarayonida yoki qo‘llardan foydalanish noqulay bo‘lgan holatlarda yanada qulay tajriba yaratadi.
Mazkur imkoniyatni Sozlamalar > Honor AI & YOYO > Eye Tracking > Eye-tracking Page Turning bo‘limi orqali faollashtirish mumkin. Funksiya asosan matn o‘qish jarayonini yanada immersiv va qulay qilishga qaratilgan.
Yangilanish ekran yozib olish imkoniyatlarini ham kengaytirdi. Endilikda Clean Screen Recording rejimi orqali bildirishnomalar, status paneli va animatsion belgilarisiz ekran yozib olish mumkin. Shuningdek, Magic 8 seriyasida qo‘ng‘iroq vaqtida ham ekran yozib olish qo‘llab-quvvatlanadi, biroq qo‘ng‘iroq ovozi va mazmuni yozuvga kiritilmaydi.
Bundan tashqari, Tips and Tricks ilovasi yangilandi va interfeysi qayta ishlanib, foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha tushuntiruvchi materiallar qo‘shildi. Aloqa boshqaruv markazida esa WLAN, Bluetooth va media kartalarini ochish-yopishda yangi animatsiyalar paydo bo‘ldi.
Tizim darajasida batareya sarfi ayrim holatlarda optimallashtirildi, bosh sahifa hamda Xitoyning 12306 temiryo‘l chiptalari ilovasida skroll ishlashi yaxshilandi. Shuningdek, umumiy barqarorlik oshirilib, ayrim holatlardagi sekinlashuvlar va uchinchi tomon ilovalari bilan bog‘liq xatolar bartaraf etildi.
Yangilanish hajmi 790 MB ni tashkil etadi.
Qaynoq24.uz Honor Power 2 smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.

