Yevropa Ittifoqida AQSh tomonidan Grenlandiyaga nisbatan ehtimoliy keskin harakatlar yuzaga kelsa, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan choralar muhokama qilinmoqda. Bu haqda Politico manbalarga tayanib xabar berdi. Grenlandiya Daniya qirolligi tarkibiga kiradi.
Manbalarga ko‘ra, YI doirasida bir nechta ssenariylar ko‘rib chiqilmoqda. Xususan, vaziyat keskinlashgan taqdirda NATO orqali murosa izlash, Grenlandiyani YI dan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda AQShga nisbatan iqtisodiy choralar qo‘llash variantlari tahlil qilinmoqda. Ayrim diplomatlar Daniya so‘rovi bo‘lsa, Yevropa davlatlari Grenlandiyaga harbiy kuch yuborish imkoniyatini ham muhokama qilish zarurligini bildirgan.
Politico keltirgan fikrga ko‘ra, YII ichida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilik ehtimoliga tayyor turish lozimligi aytilmoqda.
Nashr, shuningdek, YIda Daniya iltimosiga binoan Grenlandiyada harbiy ishtirokni kuchaytirish g‘oyasi ehtimoliy harbiy harakatlar narxini oshirishga qaratilgan choralar sifatida ko‘rilayotganini yozadi. Shu bilan birga, rasmiy darajada bunday qarorlar qabul qilingani haqida ma’lumot berilmagan.
Qaynoq24.uz AQShning bir qator shaharlarida norozilik namoyishlari boshlangani haqida yozgan edi.

