Erondagi norozilik namoyishlari ortidan kamida 45 kishi halok bo‘ldi

Foto: Financial Times
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Erondagi norozilik namoyishlari ortidan kamida 45 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Deutsche Welle nashri xabar bermoqda. Milliy valyuta qadrsizlanishi fonida boshlangan norozilik namoyishlari 12 kundan beri davom etmoqda.

8-yanvar kuni namoyishchilar Tehron va boshqa yirik shaharlarda ko‘chalarga chiqdi. Poytaxtda Ayatulloh Koshoniy xiyoboni vaqtincha yopib qo‘yildi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Ijtimoiy tarmoqlarda politsiya mashinalari yonayotgani aks etgan videolar tarqaldi.

Mashhad, Kermanshoh va boshqa shaharlarda ham ommaviy namoyishlar qayd etildi. Ayrim hududlarda to‘qnashuvlar yuz bergani aytilmoqda.

Foto: Stimson Center

Noroziliklar fonida Eron hukumati mamlakat bo‘ylab internetni deyarli to‘liq o‘chirib qo‘ydi. NetBlocks ma’lumotiga ko‘ra, 8-yanvar kuni internet trafik qariyb 90 foizga kamaygan.

Norvegiyada joylashgan Iran Human Rights tashkiloti kamida 45 nafar namoyishchi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Qurbonlar orasida sakkiz nafar voyaga yetmagan bor.

Eron rasmiylari esa hozirgacha 21 kishi, jumladan xavfsizlik xodimlari halok bo‘lganini bildirgan. Namoyishlar 28-dekabr kuni Tehron markaziy bozorida boshlangan. Savdogarlar giperinflyatsiya va narxlarning keskin oshishiga norozilik bildirib, do‘konlarini yopgan.

29-dekabr kuni riyol kursi tarixiy minimumga tushdi. Jahon banki ma’lumotiga ko‘ra, oktyabr oyida Eronda oziq-ovqat inflyatsiyasi 64,2 foizni tashkil etgan.

Qaynoq24.uz Eronning bir nechta viloyatlarida maktab va idoralar yopilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.