15-yanvar kuni oltin quymalari qanday narxda sotiladi

Foto: Pexels/ Zlaťáky.cz
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 15-yanvar kungi oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quymasini sotib olish narxi 9 189 000 so‘mni tashkil etmoqda. Qaytarib sotib olish narxi esa qadog‘i but holatda 8 832 000 so‘m, qadoq buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda 8 743 000 so‘m etib belgilangan.

10 grammli quymalar 18 379 000 so‘mdan sotilmoqda. Markaziy bank ularni qadog‘i but holda 17 665 000 so‘mdan, qadoqi buzilgan holatda esa 17 487 000 so‘mdan qaytarib sotib olmoqda.

20 grammli oltin quymasining sotish narxi 36 757 000 so‘mga teng. Qayta sotib olish qiymati mos ravishda 35 330 000 so‘m va 34 973 000 so‘mni tashkil etmoqda.

50 grammli quymalar 91 894 000 so‘mdan sotilmoqda. Markaziy bank bu hajmdagi oltinni qadog‘i but holatda 88 325 000 so‘mdan, qadoq buzilgan bo‘lsa 87 433 000 so‘mdan qabul qilmoqda.

100 grammli oltin quymasining sotish narxi 183 787 000 so‘mga yetdi. Qaytarib sotib olish narxi qadog‘i but bo‘lsa 176 650 000 so‘m, texnik talabga javob bermasa 174 866 000 so‘mni tashkil etadi.

Qaynoq24.uz 15-yanvar valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.