Xiaomi kompaniyasining flagman smartfoni Xiaomi 15 Ultra narxi keskin arzonlashdi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda. Qurilma Giztop platformasida 300 dollar chegirma bilan 799 dollar narxda taklif etilmoqda. Avvalroq smartfonning boshlang‘ich narxi $1 099 bo‘lgan.
Aksiya cheklangan muddatga mo‘ljallangan. Global va tezkor yetkazib berish mavjud. Sotuvlar hajmi yuqori bo‘lgani sababli zaxiralar tez tugashi mumkin.

Xiaomi 15 Ultra 6,73 dyuymli LTPO AMOLED displeyga ega. Ekran 2K aniqlik, 120 Hz yangilanish tezligi va 3 000 nitgacha yorqinlikni qo‘llab-quvvatlaydi. HDR10+, Dolby Vision va 12 bitli ranglar tasvir sifatini oshiradi.
Smartfon 3 nanometrli Snapdragon 8 Elite protsessori bilan jihozlangan. Operativ xotira 12 yoki 16 GB, ichki xotira esa 1 TB gacha. Qurilma Xiaomi HyperOS 2 operatsion tizimida ishlaydi.
Kamera tizimi Leica bilan hamkorlikda yaratilgan. Asosiy kamera 1 dyuymli 50 MP sensorga ega. Shuningdek, 200 MP super telefoto, 50 MP telefoto va 50 MP ultra keng kamera mavjud. Video yozuv 8K va Dolby Vision formatlarida qo‘llab-quvvatlanadi.
Xiaomi 15 Ultra 6 000 mA/soat sig‘imli batareya bilan ta’minlangan. 90 W simli va 80 W simsiz tezkor quvvatlash mavjud. Qurilma 5G, Wi-Fi 7 va ekran osti barmoq izi skaneri bilan jihozlangan.
Qaynoq24.uz Xiaomi 17 Ultra qanday imkoniyatlar bilan taqdim etilgani haqida yozgan edi.

