Samsung kompaniyasi One UI 8.5 interfeysini chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Yangi versiya Android 16 asosida ishlaydi va One UI 8.0 ga nisbatan chuqurroq tizim funksiyalarini taklif qiladi. Dasturiy ta’minot bir necha oy davomida ishlab chiqildi va hozirda ayrim qurilmalarda beta sinov bosqichida.
Manbalarga ko‘ra, One UI 8.5 kichik yangilanish emas. Interfeys yanada moslashuvchan bo‘ladi, vizual elementlar yangilanadi va xavfsizlik kuchaytiriladi. Samsung ushbu versiyada Android 16’ning QPR2 yig‘ilmasidan foydalangan.
Qaysi Samsung qurilmalari One UI 8.5 oladi
Rasmiy ro‘yxat hali e’lon qilinmagan. Shunga qaramay, One UI 8.0 olgan yoki shu versiya bilan sotuvga chiqqan deyarli barcha Galaxy qurilmalari One UI 8.5 ga yangilanadi.
| S25 | S25+ | S25 Ultra | S25 FE | S25 Edge |
|---|---|---|---|---|
| S24 | S24+ | S24 Ultra | S24 FE | |
| S23 | S23+ | S23 Ultra | S23 FE | |
| S22 | S22+ | S22 Ultra | S21 FE |
| Z TriFold | Z Fold 7 | Z Flip 7 | Z Fold SE |
|---|---|---|---|
| Z Fold 6 | Z Flip 6 | Z Fold 5 | Z Flip 5 |
| Z Fold 4 | Z Flip 4 |
| Tab S10+ | Tab S10 Ultra | Tab S10 Lite | Tab S10 FE |
|---|---|---|---|
| Tab S10 FE+ | Tab S9 | Tab S9+ | Tab S9 Ultra |
| Tab S9 FE | Tab S9 FE+ | Tab S8 | Tab S8+ |
| Tab S8 Ultra | Tab S6 Lite (2024) | Tab A11 | Tab A11+ |
| Tab A9 | Tab A9+ | Tab Active 5 | Tab Active 5 Pro |
| A73 | A56 | A55 | A54 | A53 |
|---|---|---|---|---|
| A36 | A35 | A34 | A33 | A26 |
| A25 | A24 | A17 LTE | A17 5G | A16 LTE |
| A16 5G | A15 LTE | A15 5G | A07 LTE | A07 5G |
| A06 LTE | A06 5G |
| F56 | F55 | F54 | F36 | F34 |
|---|---|---|---|---|
| F17 | F16 | F15 | F07 | F06 |
| M56 | M55 | M55s | M54 | M53 |
|---|---|---|---|---|
| M36 | M34 | M33 | M17 | M16 |
| M15 | M07 | M06 |
One UI 8.5 qachon chiqadi
Samsung One UI 8.5’ni Galaxy S26 seriyasi bilan birga taqdim etadi. Ushbu flagmanlar fevral oxirida namoyish qilinishi kutilmoqda. Sotuvlar esa mart boshida boshlanadi. Shundan keyin yangilanish bosqichma-bosqich eski Galaxy qurilmalariga tarqatiladi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, One UI 8.5 ommaviy tarqatilishi aprel oxirlariga borib boshlanishi mumkin. Hozircha faqat Galaxy S25, S25+ va S25 Ultra modellari beta dasturida ishtirok etmoqda. Boshqa qurilmalar esa to‘g‘ridan to‘g‘ri barqaror versiyani olishi kutilmoqda.
Qaynoq24.uz Samsung Galaxy S26 taqdimoti belgilangani haqida yozgan edi.

