Manchester City rasmiy sayti yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlarni e’lon qildi. Ular orasida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov ham bor.
Klub xabariga ko‘ra, Abduqodir ushbu sovrin uchun yarimhimoyachi Bernardo Silva va darvozabon Gianluigi Donnarumma bilan raqobatlashmoqda. Muxlislar eng yaxshi futbolchini klubning rasmiy platformasi orqali ovoz berish yo‘li bilan aniqlashi mumkin.

21 yoshli himoyachi so‘nggi haftalarda «shaharliklar» asosiy tarkibida barqaror o‘yin namoyish etmoqda. U ketma-ket sakkiz uchrashuvdan buyon maydonga tushib kelmoqda. Yanvar oyida o‘tkazilgan to‘qqizta bahsning sakkiztasida Abduqodir to‘liq yoki asosiy tarkibda ishtirok etdi.
Qaynoq24.uz Abduqodir Husanov O‘zbekiston terma jamoasi yig‘inlariga chaqirilmagani haqida yozgan edi.

