26-fevral uchun oltin quymalar narxi e’lon qilindi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

26-fevral holatiga ko‘ra, Markaziy bank oltin quymalarining yangi narxlarini belgiladi. Eng kichik 5 grammli quymaning sotish narxi 10 476 000 so‘mni tashkil etdi.

Uni qaytarib sotib olish narxi qadog‘i but bo‘lsa 10 070 000 so‘m, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmasa 9 968 000 so‘m etib belgilandi.

10 grammli quymaning sotish narxi 20 953 000 so‘m bo‘ldi. Bank uni but qadoqda 20 139 000 so‘mdan, talablarga mos kelmagan holatda esa 19 936 000 so‘mdan qaytarib oladi.

20 grammli oltin quyma 41 906 000 so‘mdan sotilmoqda. Qadog‘i but bo‘lsa 40 279 000 so‘m, qadoq shikastlangan yoki texnik ekspertizadan so‘ng talabga javob bermasa 39 872 000 so‘m qilib belgilangan.

50 grammli quymaning sotish narxi 104 765 000 so‘mni tashkil etdi. Uni qaytarib sotib olish narxi mos ravishda 100 696 000 so‘m va 99 679 000 so‘m etadi.

100 grammli oltin quyma esa 209 530 000 so‘mdan sotuvga qo‘yildi. But qadoqda 201 393 000 so‘m, talabga mos kelmagan holatda 199 359 000 so‘m narxda qaytarib olinadi.

Xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, Markaziy bank kun davomida narxlarni qayta ko‘rib chiqishi mumkin.

Qaynoq24.uz 26-uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.