10 000 mA/soat batareya bilan Realme Narzo Power 5G taqdim etildi

Foto: Realme
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Hindistonda Realme Narzo Power 5G smartfoni rasman taqdim etildi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda. Qurilmaning asosiy xususiyati 10 001 mA/soat sig‘imli katta batareya va 80 Vt tezkor zaryadlash texnologiyasidir.

Smartfon 27 Vt quvvatli teskari simli zaryadlashni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Shu sababli u boshqa qurilmalarni zaryadlay oladigan portativ batareya sifatida ham ishlatiladi.

Realme Narzo Power 5G 6,8 dyuymli egilgan AMOLED ekran bilan jihozlangan. Displey yangilanish tezligi 144 Hz bo‘lib, maksimal yorqinligi 6500 nitga yetadi. Ekranni Gorilla Glass 7i himoya oynasi qoplaydi.

Foto: Realme

Qurilma MediaTek Dimensity 7400 Ultra protsessori asosida ishlaydi. Smartfon Android 16 operatsion tizimi va Realme UI 7.0 qobig‘i bilan taqdim etilgan.

Korpus IP66, IP68 va IP69 darajalariga mos himoyaga ega bo‘lib, suv va changdan yaxshi himoyalangan. Realme Narzo Power 5G bugundan sotuvga chiqdi. 8 GB operativ xotira va 128 GB doimiy xotirali boshlang‘ich versiya narxi 23 999 hind rupiyasi, ya’ni taxminan $290 atrofida.

Qaynoq24.uz Realme sevishganlar uchun maxsus smartfonini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.