Endi fuqaroligidan qat’i nazar barcha shaxslar bank hisobvaraqlari orqali bir-biriga shaxsiy maqsadlarda pul o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Qabul qilingan yangi qarorga muvofiq, valyuta operatsiyalarini soddalashtirish va ayirboshlash jarayonlarini yanada ochiq qilinadi. Xorijlik fuqarolar ham ichki valyuta operatsiyalarini erkin amalga oshiradi. Ular ustav fondiga mablag‘ kiritish, xayriya qilish yoki meros bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarishi mumkin.
Tadbirkorlar uchun ham tartib soddalashtirildi. Endi yuridik shaxslar chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha to‘lovlar uchun valyuta sotib olayotganda ortiqcha hujjatlar taqdim etmaydi. Bunda faqat qimmatli qog‘oz chiqarilganini tasdiqlovchi hujjat yetarli bo‘ladi.
Xorijiy investorlar uchun ham yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Ular fond bozorida qimmatli qog‘ozlarni sotishdan tushgan mablag‘larni erkin ravishda chet elga olib chiqishi mumkin bo‘ladi. Yangi tartib valyuta bozorining shaffofligini oshirishga qaratilgan. Endi barcha ayirboshlash operatsiyalari, jumladan onlayn bitimlar yagona tizimda hisobga olinadi. Bu bozordagi jarayonlarni kuzatishni osonlashtiradi.
Naqd valyuta berish tartibi ham aniq belgilandi. Jismoniy shaxslar o‘z hisobidagi mablag‘ doirasida chet el valyutasini cheklovsiz oladi. Yuridik shaxslar uchun esa naqd valyuta faqat belgilangan maqsadlar asosida ajratiladi.
Qaynoq24.uz Markaziy bank 20 ta bankni jarimaga tortgani haqida yozgan edi.

