Janubiy Sudanda samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda. Hodisa poytaxt Juba yaqinida yuz bergan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bortda bo‘lgan 14 kishining barchasi halok bo‘lgan. Ular orasida 13 nafar yo‘lovchi va 1 nafar uchuvchi bor edi. Halokatga uchragan samolyot Cessna 208 Caravan bo‘lib, u CityLink Aviation tomonidan boshqarilgan. Samolyot Yei shahridan Juba xalqaro aeroportiga parvoz qilayotgan edi.

Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 09:15 da havoga ko‘tarilgan. Oradan 30 daqiqaga yaqin vaqt o‘tgach, ya’ni 09:43 da u bilan aloqa uzilgan. Bortda ikki nafar Keniya fuqarosi va 12 nafar Janubiy Sudan fuqarosi bo‘lgan. Rasmiylar dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halokatga yomon ob-havo sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Ayniqsa, ko‘rinishning pastligi asosiy omillardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Hozirda hodisa yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Mutaxassislar halokat sabablarini aniqlash ustida ishlamoqda.
Qaynoq24.uz Indoneziyada poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘lganlar soni 7 kishiga yetgani haqida yozgan edi.

