Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida sayyohlar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi. Hodisa M12 «Vostok» avtomagistralida yuz bergan.
«Izvestiya» manbasiga ko‘ra, avtobusda 40 nafar sayyoh bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi jarohat olgan. Avtobus haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Shundan so‘ng transport vositasi «Gazel» avtomobili bilan to‘qnashgan.
To‘qnashuvdan keyin avtobus yo‘l chetidagi to‘siqlarni buzib o‘tgan. Keyin esa ariqqa tushib ketgan. Ma’lum qilinishicha, avtobusdagi sayyohlar orasida Shimoliy Koreya fuqarolari ham bo‘lgan. Hodisa tafsilotlari hozircha aniqlashtirilmoqda.
Rasmiylar avariya sabablari bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda. Jarohatlanganlarning ahvoli haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.
Avvalroq Moskva viloyatida ham yirik YTH sodir bo‘lgan edi. Pushkino shahri yaqinidagi Yaroslavskoye shossesida 13 ta avtomobil ishtirokida avariya yuz bergan. Ushbu hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan. Keyinroq jabrlanganlar soni 18 nafarga yetgani ma’lum qilingan. Ular orasida to‘rt nafar bola ham bor.
Qaynoq24.uz Toshkentda Labo yonib ketgani haqida yozgan edi.

