Saida Mirziyoyeva Londonda AQSh prezidentining maxsus vakili bilan uchrashdi

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Londonda AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor bilan uchrashdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi.

Uchrashuv Londonda bo‘lib o‘tdi. Mirziyoyevaning qayd etishicha, Serjio Gorning birja savdolari ochilish marosimida qatnashgani va qo‘llab-quvvatlagani O‘zbekiston tomoni uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan.

Muloqot davomida tomonlar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash masalasini muhokama qildi.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Shuningdek, kelgusi hamkorlik yo‘nalishlari va amalga oshiriladigan aniq qadamlar yuzasidan kelishuvlarga erishilgan.

Serjio Gor AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili sifatida faoliyat yuritadi. U avval ham O‘zbekiston bilan iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirishga oid uchrashuvlarda qatnashgan.

Ma’lumot uchun 39 yoshli Gor Toshkentda tug‘ilgan. Ammo u ancha payt o‘zining kelib chiqishini oshkor qilmagan. Shu sababdan tug‘ilgan joyi ommaviy axborot vositalarida mish-mishlarga sabab bo‘lgan.

Qaynoq24.uz Saida Mirziyoyeva “Fashion Trust Arabia” jamg‘armasiga tashrif buyurgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.