Vivo kompaniyasi tomonidan yangi Vivo X300e smartfoni taqdim etildi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.
Vivo X300e 6,59 dyuymli tekis AMOLED displeyga ega. Ekran 2750 × 1260 piksel aniqlik, 144 Hz yangilanish chastotasi, 10 bitli rang chuqurligi va P3 rang makonini qo‘llab-quvvatlaydi. Ayrim o‘yinlarda sensorning tezkor javob berish chastotasi 2 000 Hz gacha yetadi.
Displey 4320 Hz PWM xiralashtirish texnologiyasi, sun’iy intellektga asoslangan ko‘zni himoya qilish funksiyalari va SGS past ko‘k yorug‘lik sertifikatiga ega. Ekran ostiga joylashtirilgan ultratovushli barmoq izi skaneri ho‘l barmoqlar bilan ham qulfni ochishi mumkin.

Smartfon Snapdragon 8 Gen 5 chipida ishlaydi. Unga LPDDR5X operativ xotira va UFS 4.1 turidagi ichki xotira o‘rnatilgan. Qurilma Android 16 asosidagi OriginOS 6 operatsion tizimida ishlaydi.
Vivo X300e 7 200 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan bo‘lib, 90 vattli tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Katta batareyaga qaramay, korpus qalinligi rangiga qarab 7,79–7,99 millimetrni, og‘irligi esa 199,5–203 grammni tashkil etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlar
Smartfonning old qismiga avtofokusga ega 50 Mp Samsung JN1 kamera o‘rnatilgan. Orqa panelda optik barqarorlashtirish tizimiga ega 50 Mp Sony IMX921 asosiy kamera, 8 Mp ultra keng burchakli obyektiv va 3 karra optik yaqinlashtirish imkonini beruvchi 50 Mp Sony IMX882 periskop kamerasi mavjud.
Old kamera, asosiy kamera va teleobyektiv 4K formatda video yozishni qo‘llab-quvvatlaydi. Biroq X300 turkumidagi ayrim boshqa modellardan farqli ravishda, X300e tashqi telefoto kengaytirgich aksessuari bilan ishlamaydi.

Qurilma stereo dinamiklar, X o‘qi bo‘ylab ishlaydigan vibratsiya motori, bug‘ kamerali sovitish tizimi, NFC va infraqizil portga ega. Shuningdek, ikki SIM-kartali 5G, Wi-Fi 7, Bluetooth 5.4 va USB-C texnologiyalari qo‘llab-quvvatlanadi. IP68 va IP69 himoya darajalari smartfonni chang, suv va yuqori bosimli suv oqimidan himoya qiladi.
Narx

Vivo X300e’ning 12 GB operativ va 256 GB ichki xotirali versiyasi $710, 12 GB va 512 GB xotirali varianti esa $780 atrofida baholangan. Smartfon oq, qora va to‘q sariq ranglarda sotuvga chiqarildi.
Hozircha Vivo X300e faqat Xitoy bozorida mavjud. Keyinchalik qurilmaning xalqaro bozorlarga ham chiqarilishi kutilmoqda, biroq kompaniya global taqdimot sanasini rasman tasdiqlamagan.
Qaynoq24.uz Vivo S2 smartfonining dizayni fosh bo‘lgani haqida yozgan edi.


