Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda mamlakatda har 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 359 ta mobil telefon to‘g‘ri kelgan. Bu ko‘rsatkich so‘nggi yillarda barqaror o‘sib borayotganini ko‘rsatadi.
Masalan, 2010-yilda ushbu ko‘rsatkich 145 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2015-yilda 234 taga yetgan. 2020-yilda esa bu raqam 287 taga ko‘tarilgan. 2025-yilga kelib esa mobil qurilmalar soni keskin oshib, 359 taga yetgan.
Jadval:
| Yil | 100 ta uy xo‘jaligiga telefonlar soni |
|---|---|
| 2010 | 145 dona |
| 2015 | 234 dona |
| 2020 | 287 dona |
| 2025 | 359 dona |
Qaynoq24.uz O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari soni 6,8 mln nafardan oshgani haqida yozgan edi.

