Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, yanvar–fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 3,7 trln so‘mlik lektr uskunalar ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,8 % ga yuqori.
Hududlar kesimida eng katta ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi. Bu yerda 2,2 trln so‘mlik elektr uskunalar ishlab chiqarilgan. Shuningdek, Toshkent viloyatida 740,3 mlrd so‘mlik, Namangan viloyatida 234,6 mlrd so‘mlik, Samarqand viloyatida 177,1 mlrd so‘mlik hamda Andijon viloyatida 162,7 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Boshqa hududlarda ishlab chiqarish hajmi nisbatan past bo‘ldi. Jumladan, Jizzax viloyatida 90,9 mlrd so‘m, Farg‘ona viloyatida 76,2 mlrd so‘m va Navoiy viloyatida 39,8 mlrd so‘m qayd etildi. Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida esa ko‘rsatkichlar bir necha milliard so‘m darajasida shakllangan.
Jadval:
| Hudud | Ishlab chiqarish hajmi |
|---|---|
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 0,5 mlrd so‘m |
| Andijon viloyati | 162,7 mlrd so‘m |
| Buxoro viloyati | 1,7 mlrd so‘m |
| Jizzax viloyati | 90,9 mlrd so‘m |
| Qashqadaryo viloyati | 1,2 mlrd so‘m |
| Navoiy viloyati | 39,8 mlrd so‘m |
| Namangan viloyati | 234,6 mlrd so‘m |
| Samarqand viloyati | 177,1 mlrd so‘m |
| Surxondaryo viloyati | 1 mlrd so‘m |
| Sirdaryo viloyati | 8,2 mlrd so‘m |
| Toshkent viloyati | 740,3 mlrd so‘m |
| Farg‘ona viloyati | 76,2 mlrd so‘m |
| Xorazm viloyati | 5,7 mlrd so‘m |
| Toshkent shahri | 2,2 trln so‘m |
Qaynoq24.uz O‘zbekistonda har 100 xonadonga 359 ta telefon to‘g‘ri kelgani haqida yozgan edi.

