Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Ohangaron shahri va Jomboy tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Ohangaronda “A.” MChJ mas’ullari “Navbahor” MFY hududidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib olgani ma’lum bo‘ldi. Ular shu yo‘l bilan 250,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan foydalangan.

Jomboy tumanida esa yakka tartibdagi tadbirkor “R.R.” novvoyxona binosida elektr tarmog‘iga yashirin tarzda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 175,1 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz Toshkent va Samarqandda gazdan noqonuniy foydalanish aniqlangani haqida yozgan edi.

