Kommunal xizmatlardan qarzdorlik mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma berish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Mazkur hujjat davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamentiga kiritilgan o‘zgartirishlar asosida joriy etildi. Endilikda ushbu ma’lumotnoma olish uchun arizada shaxsga oid aniq ma’lumotlar ko‘rsatilishi talab etiladi. Jismoniy shaxslar uchun familiya, ism, pasport yoki ID ma’lumotlari, aloqa vositalari va kadastr raqami kiritiladi.
Yuridik shaxslar esa tashkilot nomi, telefon raqami, STIR, kadastr raqami hamda mavjud bo‘lsa abonent hisob raqamini taqdim etadi.
Shuningdek, ma’lumotnoma qaysi tilda berilishi ham ko‘rsatiladi. Ushbu davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi.
Qaynoq24.uz moliyaviy jarimalar tartibi yengillashtirilishi haqida yozgan edi.

