Texnikum va litseylar uchun milliy reyting joriy etildi

Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Texnikumlar va akademik litseylar faoliyatini baholash uchun milliy reyting tizimi joriy qilindi. Eng yaxshi 50 ta texnikum 1,2 mlrd so‘mgacha rag‘batlantirilishi mumkin.

Adliya vazirligi tegishli tartibni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjat 15-aprel kuni 3816-raqam bilan tasdiqlandi. Milliy reytingni Ta’lim sifatini ta’minlash agentligi alohida yuritadi. Reyting ma’lumotlari vazirlik va idoralar tizimlari, ta’lim muassasalari hujjatlari hamda umumiy so‘rovnoma natijalariga asoslanadi.

Har yili 30-maygacha o‘quvchilar, pedagoglar va ish beruvchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkaziladi. Reyting natijalari esa 10-oktabrgacha e’lon qilinadi.

Reytingda eng yuqori o‘rinlarni egallagan 50 ta texnikum bazaviy hisoblash miqdorining 3 ming baravarigacha mablag‘ oladi. Ushbu mablag‘ning 80 foizi moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltiriladi. Qolgan 20 foizi rahbar va xodimlarni rag‘batlantirishga sarflanadi.

Qaynoq24.uz kommunal qarzdorlik yo‘qligi haqida ma’lumotnoma tartibi tasdiqlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.