Toshkentda odam savdosi bilan bog‘liq holat fosh etildi

Foto: DXX
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Toshkent shahrida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan ayol Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi 2000-yilda tug‘ilgan qizni xorijga olib chiqib, jinsiy foydalanishni rejalashtirgan.

U o‘z rejasini amalga oshirish uchun jabrlanuvchiga aviachipta olib bergan. Shuningdek, kelgusida ishlab topadigan mablag‘ining yarmini doimiy ravishda berib borishini talab qilgan. Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi ayol jabrlanuvchi bilan birga Toshkent xalqaro aeroportidan Istanbulga uchib ketmoqchi bo‘lgan paytda to‘xtatildi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Samarqandda noqonuniy oltin qazib olish holati fosh etilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.