Putin va Eron TIV rahbari uchrashuvi qanday baholandi

Foto: Reuters
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi o‘rtasidagi uchrashuv alohida ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Bu haqda Anadolu Kremlga tayanib yozdi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, muzokaralarning ahamiyatini ortiqcha baholab bo‘lmaydi. Bu ayniqsa Eron atrofidagi vaziyat va Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida dolzarb hisoblanadi. Uchrashuv 27-aprel kuni Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan.

Eron tomoni uchrashuvga tayyorgarlik haqida bir necha kun oldin ma’lum qilgan edi. Tehron ushbu muzokaralarda o‘z manfaatlarini himoya qilish niyatida. Rossiyadagi Eron elchisi Kazem Jaloliyga ko‘ra, tashrif davomida tomonlar muzokaralar jarayoni, sulh masalasi va mintaqadagi vaziyatni muhokama qiladi.

Diplomat Moskva va Tehron o‘rtasidagi hamkorlik yuqori darajada ekanini qayd etdi. Uning aytishicha, bu hamkorlik xalqaro maydonda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Xususan, BMT Xavfsizlik kengashida Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha rezolyutsiya muhokamasida Rossiya va Xitoy AQSh tashabbusiga qarshi chiqqan va veto huquqidan foydalangan.

Qaynoq24.uz Eron AQSh dengiz blokadasini urush harakati deb baholagani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.