Tadbirkorlar uchun imtiyozlar yagona reestri joriy etiladi

Foto: Unsplash / Scott Graham
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Hukumat qarori bilan tadbirkorlar uchun imtiyoz va preferensiyalar yagona reestrini yuritish tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, reestr Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuritiladi. Imtiyozlar haqidagi ma’lumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligining subsidiya platformasida shakllantiriladi.

Davlat organlari o‘ziga tegishli imtiyozlarni reestrga joylashtiradi. Unda imtiyoz nomi, hujjati, muddati va qamrovi ko‘rsatiladi. Shuningdek, imtiyoz beriladigan sohalar va undan foydalanuvchi toifalar ham ochiq e’lon qilinadi.

Reestrga kiritilgan ma’lumotlar to‘liq va ishonchli bo‘lishi shart.

Qaynoq24.uz tadbirkorlikka noqonuniy aralashuvlar cheklanishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.