Tramp Germaniya kanslerini keskin tanqid qildi

Foto: PBS
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

AQSh prezidenti Donald Tramp Germaniya kansleri Fridrix Merts ga nisbatan keskin bayonot bilan chiqdi. U kanslerni Eron masalasiga ortiqcha e’tibor qaratmasdan, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni hal qilishga ko‘proq e’tibor berishga chaqirdi.

Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Mertsni Ukrainadagi vaziyatni hal qilishda samarasiz bo‘lganlikda aybladi. U Germaniya ichidagi muammolar, jumladan migratsiya va energetika masalalarini ham tanqid ostiga oldi.

Bayonotlar Germaniya kanslerining AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralarni samarasiz deb baholagani ortidan yangradi. Merts Eron AQShni “kamsitmoqda” degan fikrni bildirgan edi.

Bunga javoban Tramp kanslerni vaziyatni noto‘g‘ri tushunayotganlikda aybladi. Uning fikricha, ayrim Yevropa siyosatchilari Eronning yadroviy ambitsiyalariga yetarlicha qarshilik ko‘rsatmayapti.

Shu bilan birga, Tramp AQSh Germaniyadagi harbiy kontingentini qisqartirish ehtimolini ham ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi. Hozirda Germaniyada 30 mingdan ortiq AQSh harbiylari joylashgan bo‘lib, ular Yevropadagi eng yirik kontingent hisoblanadi.

Merts esa Trampning tanqidiga javoban ular o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlar o‘zgarmaganini va yaxshi darajada qolayotganini ta’kidladi.

Qaynoq24.uz Tramp Nobel mukofotiga yana nomzod bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.