BYD Denza N9 Flash Charge Edition avtomobilining narxi e’lon qilindi

Foto: BYD
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

BYD kompaniyasining premium brendi Denza Xitoyda BYD Denza N9 Flash Charge Edition modelini sotuvga chiqardi. Bu haqda CNC nashri xabar bermoqda.

Model narxi 409,8 ming yuandan 469,8 ming yuangacha etib belgilangan. Bu taxminan $60,3 mingdan $69,1 minggacha degani. Denza N9 Flash Charge Edition uchun oldindan buyurtmalar o‘tgan oy ochilgan edi. Yangilangan versiya ikkinchi avlod Blade Battery va Flash Charge tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan jihozlandi.

Foto: BYD

Avtomobilning CLTC sikli bo‘yicha sof elektr yurish zaxirasi 420 kmni tashkil etadi. BYD Flash Charge tarmog‘ini kengaytirishni ham rejalashtirmoqda. Kompaniya birinchi va ikkinchi darajali shaharlarda tezkor quvvatlash stansiyalarini 3 km radiusda joylashtirmoqchi. Uchinchi va to‘rtinchi darajali shaharlarda bu masofa 5 km, beshinchi va oltinchi darajali shaharlarda esa 6 km bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Denza N9 Flash Charge Edition yopiq old panjara va ikki qavatli LED faralar bilan jihozlangan. SUV 22 dyuymli zarb qilingan oynasimon disklar bilan taqdim etiladi. Model uzunligi 5 258 mm, eni 2 030 mm, balandligi 1 830 mmni tashkil etadi. G‘ildirak bazasi 3 125 mmga teng.

Foto: BYD

Ichki qismi

Salon 17,3 dyuymli markaziy ekran, 13,2 dyuymli yo‘lovchi displeyi va 13,2 dyuymli raqamli asboblar paneli bilan jihozlangan. Shuningdek, avtomobilda 50 dyuymli katta HUD displey mavjud. Interyerda haqiqiy yog‘och bezaklar, metall tugmalar va zamsh tom qoplamasi qo‘llangan. O‘rindiqlar olmos shaklidagi tikuv naqshlari bilan yangilangan.

Texnologik jihatdan N9 yangi avlod sun’iy intellektli kokpitiga ega. Unda aksessuarlar uchun bir nechta magnitli ulanish nuqtalari ham bor. Haydovchiga yordam berish va xavfsizlik uchun “Eye of the Gods” 5.0 yordamchi boshqaruv tizimi javob beradi.

Foto: BYD

Denza N9 Flash Charge Edition plagin-gibrid kuch qurilmasi bilan harakatlanadi. Tizim 2,0 litrli turbo dvigatel va uchta elektr motordan iborat. Benzin dvigateli 207 ot kuchi beradi. Old elektr motor 268 ot kuchiga, orqa tomondagi ikkita motor esa har biri 322 ot kuchiga ega. Umumiy tizim quvvati 912 ot kuchiga yetadi. SUV 0 dan 100 km/soatgacha 3,7 soniyada tezlashadi.

Qaynoq24.uz 26 ming dollarlik BYD Han EV Flash Charge Edition taqdim etilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.