Tehron AQSh va Isroilning yangi zarbalariga javob qaytarishini bildirdi — Fars agentligi

Foro: Magnific
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Tehron AQSh va Isroil tomonidan yangi hujumlar uyushtirilsa, Tehron “yangi frontlar” ochishini ma’lum qildi. Bu haqda mamlakatning Fars agentligi ma’lum qildi.

Bu bayonot Vashington Eron bo‘yicha muzokaralarda natija bo‘lmasa, zarbalarni qayta boshlashi mumkinligini bildirganidan keyin yangradi. Eron armiyasining rasmiy vakili Muhammad Akraminiya AQSh va Isroil tomonidan yangi harbiy harakatlar bo‘lsa, Tehron javob choralarini ko‘rishini aytdi. Bu haqda Fars agentligiga tayanib Kursiv xabar berdi.

Akraminiyaga ko‘ra, agar raqib yana Eronga qarshi tajovuz qilsa, Eron yangi uslub va ta’sir vositalari bilan javob beradi.

«Agar dushman yana ahmoqlik qilib, aziz Eronimizga qarshi tajovuzni takrorlasa, biz ular uchun yangi frontlarni ochamiz», dedi Muhammad Akraminiya.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Eronga qarshi zarbalarni yaqin kunlarda qayta boshlashi mumkinligini bildirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror tomonlar kelishuvga erisha olmasa, qabul qilinishi mumkin.

Qaynoq24.uz AQSh Senati Eronga qarshi harbiy vakolatlarni cheklovchi rezolyutsiyani ilgari surgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.