21-may kuni O‘zbekistonda ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ko‘plab hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda ‘“O‘zgidromet” ma’lum qildi.
Ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari xavfi bor. Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Ba’zan 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi va chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol 13-18 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zon keltirishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 25-30 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida yomg‘ir va momaqaldiroq kutilmoqda. Ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Momaqaldiroq va kuchli shamol ehtimoli bor. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 26-31 daraja bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Ushbu hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 17-22 daraja bo‘ladi.
Qaynoq24.uz 20-may kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

