Samarqand viloyati Urgut tumanidagi savdo majmuasi 4,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, “U. S. K.” MChJga qarashli savdo majmuasida elektr hisoblagich ko‘rsatkichlarini qasddan kamaytirish maqsadida tashqi ta’sir ko‘rsatilgan. Shu yo‘l bilan savdo majmuasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 4,7 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Hozirda holat yuzasidan mas’ul idoralar tomonidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Qaynoq24.uz Namanganda 158,7 mln so‘mlik noqonuniy dorixona fosh etilgani haqida yozgan edi.

