Saida Mirziyoyeva: Butun mamlakat terma jamoaga ishonadi

Foto: Saida Mirziyoyeva
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatiga kuzatish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda u o‘z Telegram kanalida yozdi.

Saida Mirziyoyeva marosimda o‘g‘li bilan qatnashganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, bu lahzalar butun mamlakat uchun tarixiy ahamiyatga ega. O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etadi.

“O‘g‘limning ko‘zlarida — quvonch va faxr. Qo‘lida — qahramonlarimiz dastxati tushirilgan to‘p, endi uni bebaho xazinadek asraydi. Qalbida bo‘lsa milliy jamoamizga bo‘lgan ishonch”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

U milliy jamoa allaqachon katta marrani zabt etganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, futbolchilar xalq qalbida orzu va ishonch uyg‘otdi.

Saida Mirziyoyeva terma jamoa a’zolariga murojaat qilib, o‘zbek futboli nimalarga qodir ekanini butun dunyoga ko‘rsatishga chaqirdi.

“Maydonga dadil tushing, yuragingizni berib o‘ynang. Bugun ko‘cha changitib to‘p tepayotgan, bir kun kelib milliy terma jamoa libosini kiyishni orzu qilayotgan har bir bolakay uchun o‘ynang. Biz sizga ishonamiz. Butun mamlakat sizga ishonadi. Prezidentimiz sizga ishonadi.”, dedi u.

U futbolchilardan bugun ko‘chalarda to‘p tepib, kelajakda milliy terma jamoa libosini kiyishni orzu qilayotgan har bir bolakay uchun o‘ynashni so‘radi.

Qaynoq24.uz Mirziyoyev milliy terma jamoani JCHga kuzatishn marosimida ishtirok etgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.