OnePlus Turbo 6X Pro smartfoni arzon narxda chiqadi

Foto: OnePlus
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

OnePlus kompaniyasi tomonidan OnePlus Turbo 6X Pro smartfoni yaqinda taqdim etiladi. Qurilma haqida yangi ma’lumotlar tarqaldi.

Digital Chat Station taxallusi bilan tanilgan insayderga ko‘ra, smartfon Samsung ishlab chiqargan 1,5K OLED ekran bilan jihozlanadi. Displey tekis bo‘ladi va 144 Hz yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Avvalgi ma’lumotlarda ham model 1,5K OLED ekranga ega bo‘lishi aytilgan edi. Yangi sizib chiqqan xabarda esa gap LTPS Samsung paneli haqida ketmoqda.

Ekranda ko‘zni himoya qilish texnologiyasi ham bo‘lishi kutilmoqda. Bu uzoq vaqt foydalanishda ko‘zga tushadigan yuklamani kamaytirishi mumkin.

OnePlus Turbo 6X Pro 8 000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan chiqishi mumkin. Bu katta ko‘rsatkich hisoblanadi. Biroq u OnePlus Turbo 6 va Turbo 6V modellari akkumulyatoridan 1 000 mA/soatga kichikroq bo‘ladi. Ushbu modellar 9 000 mA·soat batareyaga ega edi.

Smartfon IP69X darajasidagi suvdan himoya sertifikatini ham olishi mumkin. Bu uni arzon segmentdagi raqobatchilar fonida ajratib turadi.

Eng qiziqarli jihat narx bilan bog‘liq. OnePlus Turbo 6X Pro 1 ming yuan atrofidagi segmentda chiqishi aytilmoqda.

Bu $150 dan kam narx degani. Shunday bo‘lsa, 144 Hz Samsung ekrani, 8 000 mA/soat batareya va IP69X himoyasi bilan model kuchli taklifga aylanishi mumkin. Avvalgi ma’lumotlarda Turbo 6X seriyasining oddiy modeli ham 144 Hz ekran olishi aytilgan edi. Ammo u LCD panel bilan jihozlanishi mumkin.

OnePlus Turbo 6 esa avvalroq Snapdragon 8s Gen 4 chipi va 9 000 mA/soat batareya bilan taqdim etilgan. Shu sababli Turbo 6X Pro seriyaning arzonroq, ammo kuchli xususiyatlarga ega modeli bo‘lishi kutilmoqda.

Smartfonning rasmiy taqdimoti yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi mumkin.

Qaynoq24.uz OnePlus Ace 6 Ultra smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.