Farg‘onada tadbirkorga tegishli mahsulotlarni sotib yuborgan sotuvchi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda “B.W.” MChJ savdo do‘koni sotuvchisi Z.K. do‘kondagi mahsulotlarni boshqa shaxslarga sotib yuborgani aniqlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u 198,2 mln so‘mlik turli nomdagi alkogol mahsulotlarini sotgan. Tushgan pullarni esa o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz Toshkentda ikki nafar soliq inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida yozgan edi.


