Soliq organlarida 542 mingga yaqin ijara shartnomasi hisobga qo‘yildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar bermoqda. Ushbu shartnomalar asosida jami 438,8 mlrd so‘m soliq hisoblangan.
Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan ijara shartnomalari soni 380,6 mingtani tashkil etdi. Ular bo‘yicha 335,9 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblangan. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan shartnomalar soni 19,6 foizga, hisoblangan daromad solig‘i summasi esa 48,8 foizga oshganini ko‘rsatadi.
Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan ijara shartnomalari soni 161,3 mingtaga yetdi. Mazkur shartnomalar bo‘yicha 102,9 mlrd so‘m soliq hisoblangan.
O‘tgan yilning yanvar–aprel oylariga nisbatan bu yo‘nalishda ijara shartnomalari soni 25,7 foizga, hisoblangan soliq summasi esa 27 foizga ko‘paygan. Shuningdek, uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlar soliqdan ozod qilingan. 2026-yilning yanvar–aprel oylarida ushbu imtiyoz doirasida soliq to‘lovchilarga daromad solig‘idan 37,7 mlrd so‘mlik yengillik qo‘llanilgan.
Hisobot davrida talabalar bilan 79,5 mingdan ortiq turar-joy ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada yashayotgan talabalar soni 110 497 nafarni tashkil etgan.
Qaynoq24.uz Toshkentda ikki nafar soliq inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida yozgan edi.


